Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniyada Alisher Usmonovga qarshi sanksiya qo‘llashni talab qilishmoqda
28.01.2021 22:25,  
681

Buyuk Britaniya quyi palatasi deputatlari hukumatdan rossiyalik ikki milliarder — Roman Abramovich va Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirishdi. Bu haqda «The Times» xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, ingliz parlamenti a’zolari 18 yanvarda Moskvada hibsga olingan Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli bunday choralarni ko‘rishni taklif qilishdi. Mana, masalan, Leyboristlar partiyasidan deputat Margaret Xodj hukumatni rossiyalik oppozitsiyachini «so‘z bilan emas, balki amalda» qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi va ilgari o‘zi G‘arb davlatlariga Buyuk Britaniyada aktivlariga egalik qiluvchi qator rossiyalik oligarxlarga cheklovlar joriy etishni taklif qilganini esladi.

«U Abramovich va Usmonovni aytgan. Ikkalasining ham mol-mulklari va ingliz futbol klublari bilan aloqalari bor», — dedi Xodj.

Liberal-demokratlar vakili Leyla Moran, o‘z navbatida, Britaniya hukumatidan maqomi va moddiy ahvolidan qat’i nazar, har qanday shaxsga sanksiya qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kafolatlarini talab qildi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, parlament hozirda «keyingi harakatlar uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni» ko‘rib chiqmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан