Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Osiyogacha yetib keldi.
26.12.2020 09:06,  
2748

 Bu haqida "NHK" telekanali mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Norixisa Tamuraga tayanib xabar bermoqda. Ushbu shtamm Buyuk Britaniyadan kelgan besh nafar Yaponiya fuqarosida tasdiqlangan. Ular ayni paytda karantinga olingan.

Oldinroq koronavirusning yangi mutatsiyasi Germaniyada ham aniqlangani ma’lum qilingan edi. Bu yerda ham virus Buyuk Britaniyadan kelgan ayolda qayd etilgan. Keyinroq Shveysariyada ham shunday holat tasdiqlandi. Bungacha ushbu mutatsiya bilan zararlanganlar Gollandiya, Daniya, Avstraliya va Italiya kabi davlatlarda ham ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘lgan edi.

Koronavirusning ushbu xavfli mutatsiyasi Buyuk Britaniyada ilk bor sentyabrda aniqlangan. Ammo dekabr oyiga kelib u bilan zararlanish keskin osha boshlagan. Buyuk Britaniya bosh vaziri ushbu shtamm oldin ma’lum bo‘lganlarga qaraganda 70 foiz yuqumli ekani aytib o‘tdi.

Epidemiologik vaziyatni yomonlashgani bois qirqqa yaqin, shu jumladan, O‘zbekiston ham Buyuk Britaniya avia aloqalarni to‘xtatdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан