Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniyada “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlar orasida tromboz kuzatilayotganlar soni keskin ko‘paymoqda
24.04.2021 13:23,  
156

Buyuk Britaniyada ingliz-shved kompaniyasi — “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlar orasida tromboz — qon quyuqlashish holati kuzatilayotganlar soni bir hafta ichida deyarli ikki baravarga oshgan. Bu haqda mamlakat Dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni nazorat qilish agentligi saytida ma’lum qilindi.

“Bunday bemorlarning soni 168 kishiga yetdi. Shunday qilib, bir million emlanganlarga tromb hosil bo‘lishi shaklidagi yon ta’sir 7,9 kishiga to‘g‘ri kelmoqda 12-18 aprel holatida bu ko‘rsatkich 4,9 kishini tashkil etgan edi”, deyiladi xabarda.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, 32 nafar britaniyalik xuddi shunday yon ta’sir tufayli vafot etgan. O‘tgan hafta bu raqam 23 kishini tashkil qilgan. Ammo regulyator “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash kampaniyasini davom ettirishga chaqirgan.

Buyuk Britaniyada emlash kampaniyasi boshlangan — 2020 yil 8 dekabrdan buyon 33,25 million kishi uch preparat — “AstraZeneca”, “Pfizer / BioNTech” yoki “Moderna«ning birinchi dozasini olgan. Bu mamlakat aholisining 50 foizidan ko‘prog‘i tashkil etadi. Ikki doza bilan emlangan soni 11,19 million kishini, ya’ni taxminan 17 foizni tashkil etmoqda.

Oldinroq, Daniya ilgari “AstraZeneca” vaksinasidan foydalanishni butunlay bekor qilgan Yevropadagi birinchi mamlakat bo‘lgan edi. Mamlakat rasmiylari ilmiy xulosalarga asoslanib, «preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy yon ta’sirlarning haqiqiy xavfi mavjud» degan xulosaga kelishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан