Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyuk Britaniyadan havotirli yangiliklar kelmoqda.
21.12.2020 13:43,  
2262

Britaniya janubi-sharqida koronavirusning yangi shtammi tarqalishi favqulodda tezlashgan. Rasmiylarning aytishicha, SARS-SoV-2 virusining mutatsiyaga uchragan shtammi yuqumlilik darajasi avvalgisidan 70 foizgacha yuqori bo‘lishi mumkin.

Kechadan boshlab qator davlatlar Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Ingliz hukumati bahor oylaridagidanda qat’iyroq karantin joriy etishga majbur bo‘lmoqda. Xususan, poytaxt Londonni izolyasiyaga olish choralari ko‘rilmoqda. Shaharda yangi aniqlanayotgan koronavirus holatlarining deyarli uchdan ikki qismi yangi shtammga to‘g‘ri kelyapti.

Yangi virusning xususiyatlari hali yetarlicha o‘rganilmagan, bu yana bir necha oylab tahlillarni talab qiladi. “Virus hujum taktikasini o‘zgartirgan ekan, biz himoya taktikalarimizni o‘zgartirishimiz kerak. O‘zimizda bor ma’lumotlar asosida choralar ko‘ramiz, chunki u juda tez tarqalmoqda”, – dedi Britaniya bosh vaziri Boris Jonson

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан