Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Buyuk Kelajak» ekspertlari nega tashkilotni tark etmoqda?
11.09.2019 10:07,  
64

«Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotining ayrim ekspertlari tashkilot ichida yuzaga kelgan ayrim muammolar sababli tashkilot safidan chiqishini ma’lum qilishdi.

“Aziz do‘stlar,

«Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti tashkil etilganda biz O‘zbekistondagi islohotlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz uchun imkon yaratilganidan xursand bo‘lgandik. Biz hammamiz O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini yaratish bo‘yicha bir qator loyihalarda ishtirok etdik, ishlab chiqdik, XNNTning ikkita forumida va boshqa ko‘plab, tadbirlarda onlayn ravishda va shaxsan ishtirok etdik.

Ming afsus bilan tashkilot ichidagi ayrim sabablarga ko‘ra, biz mazkur tashkilot doirasidan chiqamiz, ammo mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz. 

Imkoniyatdan foydalanib, «Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlari va xodimlariga, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va qo‘mitalar vakillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga minnatdorlik bildiramiz.

Hurmat bilan,

Behzod Hoshimov
Dilmurod Yusupov
Zaynab Muhammad-Do‘st
Qahramon Nosirov
Nodir Nuritdinov
Bahrom Radjabov
Toshtemir Haydarov
Umid Abidxadjayev
Hasan Redjaboyev
Shukurjon Nazarov” - deb bayonot berishdi «Buyuk Kelajak» XNNT ekspertlari.

«BUYUK KELAJAK» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘maklashmoqchi bo‘lgan barchaning sa’yi-harakatlarini birlashtirish, davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantirish maqsadida 2018 yilning aprel oyida tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан