Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
25.02.2021 21:37,  
310

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha: Joriy yil 21 fevral kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 21 fevral kuni 04:30 larda noma’lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumani hududida joylashgan savdo majmuasi yerto‘lasida joylashgan hojatxonaga kirish eshigi oldida qarovsiz qoldirgan sumkasidan 3 dona suvenir 50 AQSh dollari, narxi 10.000 so‘mlik 2 dona qalam, narxi 100.000 so‘mlik 2 dona ziraklari, xonadon kalitlari va narxi 1.200.000 so‘mlik “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘rilab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan  2021 yil 23 fevral kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан