Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Byudjet mablag‘lari eng ko‘p qaysi viloyatda asossiz sarflangani ma’lum bo‘ldi
18.11.2020 12:15,  
900

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokama qilinayotgan 2020 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda ham byudjet intizomining buzilishi holatlari qayd etilgan.

Bu borada Qashqadaryo va Andijon viloyatlari «yetakchilik qilmoqda». Quyidagi ro‘yxatda qaysi viloyatda qancha byudjet mablag‘lari asossiz ishlatilgani keltirilgan.

  • Qashqadaryoda – 14,1 milliard so‘m;
  • Andijonda – 12,8 milliard so‘m;
  • Farg‘onada – 11,1 milliard so‘m;
  • Surxondaryoda – 10,6 milliard so‘m;
  • Namanganda – 9,9 milliard so‘m;
  • Jizzaxda – 9,8 milliard so‘m;
  • Samarqandda – 9,2 milliard so‘m;
  • Toshkent viloyatida – 6,5 milliard so‘m;
  • Xorazmda – 4,2 milliard so‘m;
  • Toshkent shahrida – 9,8 milliard so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6,1 milliard so‘m.

Jumladan, Andijon viloyati Jalaquduq tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida malaka toifasiga ega bo‘lmagan, malaka toifasi sertifikati muddati tugagan yoki sun’iy ravishda o‘zgartirilgan o‘qituvchilarga ortiqcha 422,8 million so‘m sarflangan.

Buxoro viloyatida sog‘likni saqlash tizimidagi 12 ta tibbiyot muassasalarida tez tibbiy yordam xodimlariga byudjetdan va homiylar hisobidan berilgan bir martalik moddiy yordam pullarining hisoblab to‘lanishida xodimlarning ishlayotgan o‘rin birliklariga nisbatan moddiy yordam pullarining noto‘g‘ri hisoblab to‘lanishi oqibatida jami 1 milliard 108,4 million so‘m byudjet mablag‘i asossiz sarflangan.

Jizzax viloyati G‘allaorol tuman halq ta’lim bo‘limida 2020 yil yanvar-aprel oylarida lavozim maoshlariga 472,3 million so‘m mukofot va moddiy yordam pullari asossiz qo‘shib to‘langan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан