Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Byudjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikniki emas — Deputat
7.06.2021 17:32,  
288

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi vazirliklar vakillari ishtirokida muhokama qilindi, deb yozmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov.

Uning qayd etishicha, maktablarning ta’mirlanishi, jihozlanishi bilan bog‘liq tizimli muammolar bo‘yicha deputatlar tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilgan. Ta’mirlangan maktab ma’lum bir yillardan so‘ng yana ta’mirga tushmoqda, undan og‘ir ahvolda bo‘lgan maktablar esa yana ta’mirlanmasdan qolayotgan holatlar uchramoqda. 

«Bu jamoatchilik, ota-onalar, qolaversa, o‘qituvchilarning ham haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu e’tirozlardan kelib chiqib, xulosam va taklifim bor.

Investitsiya dasturi asosida qurilishi va ta’mirlanishi, moddiy-texnik bazasi yaxshilanishi rejalashtirilayotgan maktablar dastlab xalq deputatlari tuman, so‘ng viloyat Kengashida muhokama qilinishi kerak. Umumiy ro‘yxat shakllanganidan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan holda ishchi tartibda kelishish maqsadga muvofiq. Shundan so‘ng ushbu ro‘yxat asosida investitsiya dasturlari shaffof holatda shakllantirilishi kerak. Jamoatchilik ham, deputatlar ham, ommaviy axborot vositalari vakillari ham bu haqda bilsin. Shunda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shubhali savollar va holatlarga barham berish imkoniga ega bo‘lamiz.

Chunki xalq orasida «vazir o‘qigan», «hokim aytgan», «tanishini topgan» maktablar zo‘r bo‘laveradi, chekkaroq maktablar e’tibordan qolaveradi, degan savolomuz e’tirozlar ham yo‘q emas. Butun mamlakatda qaysi maktabga qancha mablag‘ qachon ajratilishini bir ikki mutasaddining ixtiyoriga berib qo‘yish xato, deb o‘ylayman.

O‘zi shundog‘am byudjet imkoniyatlari cheklangan, hamma maktabni birdaniga zo‘r holatga keltirish imkonsiz. Shunday ekan, birinchi navbatda eng zarur maktablarga pul ajrataylik. Byudjet puli amaldorniki, qaysidir vazirlikni emas, u xalqimizning eng muhim ehtiyojlariga ishlatilishi zarur.

Barchani kuttirmasdan, yillar davomida umid qildirmasdan, aniq, manzilli, asosiysi, shaffof ishlash vaqti keldi», deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан