Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Captiva” traktorni majaqlab tashladi. 13 yoshli bola qurbon bo‘ldi
8.05.2020 15:07,  
2969

2020 yil 03 may kuni soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani Arslonboyli mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-596 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro B.Sh., “Captiva” rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.,ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli Traktor yo‘liga chiqib ketib yo‘l transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Oqibatda "T-28” rusumli Traktor yo‘lovchisi voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli Sh.J., tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J., 07 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан