Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






CCV: Sher tishlab olgan bolaning ahvoli qoniqarli, muolajalar reja asosida davom ettirilmoqda
19.04.2022 18:59,  
114

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 7 aprel kuni Toshkent tumanidagi uylarning birida noqonuniy boqilayotgan sher bolasi soat 17:30 larda onasi va homilador yangasi bilan do‘konga sut olish uchun chiqqan bolakayga hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘satdan orqa tomondan kelib tashlangan yirtqich bolaning bosh va yelka qismini tishlay boshlagan. Ona farzandini sher og‘zidan qutqarib qolgan. Voqea kechki payt, sherning egalari jonivorni uydan tashqariga aylantirish uchun olib chiqqan paytda yuz bergan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasida davolanayotgan bolaning ahvoli haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:

7 aprel kuni soat 18:40lar atrofida mazkur shifoxonaning travmatologiya va neyroxirurgiya bo‘limi qabulxonasiga 2019 yilda tug‘ilgan bemor S.M. ota-onasi bilan birgalikda murojaat qilgan. 

Navbatchi shifokor ko‘rigidan so‘ng u  “Boshning tepa sohasida, o‘ng yelkaning tepa uchligida va iyak qismida tishlangan jarohatlar“ tashxisi bilan  statsionar davolanish uchun yotqizilgan. 

—  Travmatologiya va neyroxirurgiya bo‘limida shoshilinch ravishda barcha kerakli muolajalar o‘tkazildi, — deydi muassasa bosh shifokori D.Sabirov. —Jumladan, quturishga qarshi antirabik vaksina qo‘llanilib,  jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovlari berildi.  

Bemor muassasaga olib kelingan vaqtda  umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda baholangan. Hushi joyida bo‘lsa-da, bezovta va qo‘rquv alomatlari ko‘zga tashlangan. Bosh sohasi rentgen va MSKT tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.  

Patologik sinish alomatlari kuzatilmagan. Yosh bemor neyroxirurg, nevrapatolog  va pediatr kabi qator mutaxassislar tomonidan  konsultatsiya qilingan. 

Shuningdek, unda qo‘shimcha tarzda yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi belgilari bo‘lgani uchun ko‘krak qafasining rentgenografiyasi tekshiruvi o‘tkazilgan. Pediatr tomonidan “O‘tkir respirator infeksiya. Faringobronxit” tashxisi qo‘yilib, davolashni davom ettirish va jarohatlarini nazorat qilib turish maqsadida torakal jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilgan. 

Hozir bolakayning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli. Davo muolajalari reja asosida davom ettirilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorning ahvolini nazoratga olgan. 2-sonli klinik shifoxonaning travmatologiya va neyroxirurgiya bo‘limi boshlig‘i Ismat Nig‘matov hamda Respublika bosh rabiologi Saidvoris G‘aniyev tomonidan bemorning holati muntazam tarzda tekshirib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан