Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






CCV: Yurtimizda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining yarmidan ko‘pi 1-doza vaksinalarini oldi
2.10.2021 14:23,  
7

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanganiga yarim yil bo‘ldi. 

2021 yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra, yurtimizda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining yarmidan ko‘pi, ya’ni 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo‘lgan.

 1-doza vaksinalari bilan emlangan aholi soni 11 491 111  nafarga yetgan.

Yurtimizda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholi qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, 28 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан