Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Changli havodan himoyalanish uchun shifokorlardan o‘nta muhim tavsiya
5.11.2021 18:57,  
792

SSV axborot xizmati quyidagi tavsiyalarni taqdim qildi:

Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying. Bunday vaziyatda konditsioner va havoni tozalash tizimlari ham asqatadi.

Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
 
Ko‘proq suv iching!

Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!

Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni yengillashtiradi. 

Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!

Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalashlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!

Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim. 

Tutunga to‘la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi. 

Agar Sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан