Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chaqalog‘ini hojatxonaga tashlagan ayol: «Bolaning otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan» (video)
9.07.2019 19:24,  
77

Internetda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozor hojatxonasiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib olingani haqidagi video tarqaldi. Unda shifokorlar, IIB xodimlari va boshqalar chaqaloqni jonlantirishga urinayotgani tasvirlangandi, deb yozadi Xabar nashri.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan. Hozirda chaqaloq Denov markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida, shifokorlar nazorati ostidadir. Aybdor onaga nisbatan esa tuman prokuraturasi ish ochgan. 

«Davr» informatsion dasturiga intervyu bergan ayol bolasini nega bu ko‘yga solganini izohladi. Unga ko‘ra, u bozorga kelganida dard tutgan va bolasini dunyoga keltirgan. Bolaning ovozi chiqmagani va uni o‘lik deb o‘ylab hojatxonaga tashlaganini aytgan. 

«Bolaning otasi bilmaydi, u Rossiyaga ketib qolgan», deydi ayol. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан