Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chechenistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar va oila a’zolari ismini qo‘yganlarga 100 ming rubl to‘lanmoqda
30.10.2020 11:15,  
532

Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmat Qodirov nomidagi jamg‘arma 29 oktyabrga o‘tar kechasi tug‘ilgan farzandlariga Muhammad payg‘ambar nomi bilan ism qo‘yadigan oilalarga har biriga 100 ming rubl to‘laydi. Bu haqda Checheniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi TASS.

«Aksiya har yili payg‘ambarning tug‘ilgan kuni sharafiga o‘tkaziladi, ammo bu yil u yanada keng tus oladi. O‘tgan yili to‘lovlarni faqat o‘g‘il bolalar olgan», - dedi Checheniston Axborot vaziri Ahmad Dudayev TASSga.

Uning ta’kidlashicha, bu safar pulni yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Muhammad (s.a.v.) ning oila a’zolari va eng yaqin sheriklari ismini qo‘yganlar ham olishadi. Checheniston hukumati veb-saytida payg‘ambarning uch o‘g‘il va to‘rt qizi bo‘lganligi aytilgan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 oktabr kuni o‘zining Telegram kanalida frantsiyalik tarix o‘qituvchisi Samuel Patining o‘limi munosabati bilan fikr bildirgan prezident Emmanuyel Makronni “terrorchi” deb atadi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qodirovning so‘zlarini izohlar ekan, "RF sub’yektlari rahbarlari tashqi siyosat bilan shug‘ullana olmaydi", dedi. Bunga javoban Qodirov ushbu bayonot bilan rozi bo‘lgan postni e’lon qildi, ammo u "Fransiya rasmiylari to‘g‘risida o‘z fikrini siyosatchi sifatida emas, balki musulmon sifatida aytganini" ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан