Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chegara oldi hududida noqonuniy ov qilgan hokim o‘rinbosari va IIB mas’uli ushlandi
19.10.2020 10:41,  
1279

2020 yil 16 oktyabr kuni 9009-sonli Harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan Ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro Xorazm viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanining chegara oldi hududida tungi soat 02.00 larda, chegara oldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirganliklari va ov qilish maqsadida yurganliklari aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.

Huquqbuzarlardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori  va 4 ta qarmoqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. 

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi.

Sof.uz manbasining xabar berishicha, huquqbuzarlardan biri tuman hokimi o‘rinbosari, yana biri IIB mas’ul xodimi, qolganlari tadbirkorlar bo‘lgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан