Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Cheklovlar aholining hukumat xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin – Rasul Kusherbayev
6.07.2021 14:24,  
372

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1 avgustdan to‘yxonalarda 50 kishidan ortiq oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish taqiqlanmoqda. Shuningdek, barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari to‘xtatiladi.  

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha cheklovlar amalda katta natija bermaydi. Aksincha aholining hukumat va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin.

“Birinchidan, bunga amalda rioya etilishini to‘liq nazorat qilish mexanizmi yo‘q. Sababi amalda biz “zo‘r”lar to‘y va ma’raka o‘tkazishda odam soni cheklanishiga rioya qilmaganligiga ko‘p guvoh bo‘ldik. Cheklovlar ko‘pincha “orqasi”da hech kimi yo‘q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi. 

Ikkinchidan, bu joylarda karantin koidalarini cheklab o‘tib ishlash istagida bo‘lganlar va nazoratchilar o‘rtasida korrupsion holatlarni oshirishi mumkin. Chunki, soliq, kredit va boshqa majburiy to‘lovlar cho‘zilsa ham, to‘liq bekor qilinmadi. 

Uchinchidan, karantin qoidalari bekor qilinmagan bir vaqtda joylarda minglab odamlarni to‘plab o‘tkazilgan konsert tomoshalari misolida karantin qoidalariga rioya etishda ikkiyuzlamachilik ishining yuksak cho‘qqisi ko‘rindi: senga mumkinmas, bizga mumkin. 

Shu bois, cheklov haqida gap ketganda, odam soniga qaramay yo to‘liq cheklash, yoki to‘liq ruxsat berish lozim, shu jumladan to‘y va oilaviy tadbirlarga ham. Bo‘lmasa bu cheklovlar ham “kimdir to‘y o‘tkazib olishi uchun”, degan fikr paydo qiladi.

Keyin kasallikka qarshi ommaviy emlashni ham ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerak, vassalom. Shunda kutilgan natijaga tezroq erishiladi”,
 - deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан