Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chelyabinsk viloyatida YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
13.02.2020 11:41,  
191

2020 yilning 7 fevral kuni tonggi soat 6:00 da Yujnouralsk – Magnitogorsk trassasida Verxneuralsk tumani (Chelyabinsk viloyati) hududida ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Uning oqibatida 3 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan, hamyurtlarimiz M.N. va A.R. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning yozishicha, mazkur vaziyat nazoratga olingan va jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Bosh konsulxona bilan birgalikda marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida vatanga jo‘natish bilan bog‘liq huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан