Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chempionlar ligasini tark etgan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
3.11.2021 11:08,  
458

UYeFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Shvetsiyaning “Malmyo” klubi o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblangan “Chelsi”ni qabul qildi.

O‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Malmyo” o‘zi kurash olib borayotgan “H” guruhidan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Gap shundaki, to‘rtta o‘yindan so‘ng shvetsiyaliklar hisobida birorta ham ochko yo‘q. Ular so‘nggi ikki turda “Yuventus” va “Zenit”ni mag‘lubiyatga uchratgan holatda ham, guruhda 1- va 2-o‘rinlarni egallab turgan “Yuventus” va “Chelsi”ga yeta olmaydi. Ushbu jamoalar hisobida to‘qqiztadan ochko bor.

Eslatib o‘tamiz, “Malmyo” bungacha “Yuventus”ga 3:0, “Zenit” va “Chelsi”dan 4:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан