Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylangan...mish
18.01.2020 17:39,  
1341

Tarmoqda UzAtom yorlig‘i tushirilgan, "Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylandi" deb yozilgan slayd rasmi tarqaldi. Bu rasm ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. 

"UzAtomdagi akalar, kechirasizlar-u, bunisi oshib tushdi... Chernobil hayvonlar uchun jannatga aylanayotganiga AESning ajoyib sog‘lom jihatlari sabab emas, u yerdan odamlar ko‘chirib chiqarilgani sabab. Sal o‘ylab ish qilinglar, iltimos, xalqimiz u darajada ahmoqmas.

Chernobil fojiasi tufayli huvillab qolgan Ukraina va Belarus chegarasidagi yerlar SSSRgacha qalin o‘rmonzorlar bo‘lgan. Sovetlar davrida ekinzorlar yaratish uchun o‘rmonlar kesilgan, sanoat zonalari qurilgan. 1986 yilda Chernobil reaktori portlaganda bu hududlardan odamlar ko‘chirib olib chiqilgan.

Odam ketsa nima bo‘ladi? Tabiat o‘z yo‘licha yovvoyi, tabiiy tarzda qayta tiklana boshlaydi. U AESning qandaydir kimyoviy karomati bilan qayta tiklanmayapti, odamzotning yo‘qligi tufayli qayta tiklanyapti! Bo‘rilar, kiyiklar, bug‘ular, yovvoyi to‘ng‘izlar odamzot xavfidan qutulgani ortidan ko‘paygan.

Lekin, ularning har birining suyagi va buyragi radiatsiya bilan zaharlangan. Ular zaharlangan hayvonlar. Tanasida bir necha radiatsion modda bor va ularning ba’zilari, masalan plutoniy butkul yo‘qolishi uchun bir ming (!) yil kerak bo‘ladi. Bu asrlar davom etadigan o‘ta katta tabiiy ofat.

Yaqinda avval O‘zbekistonda ishlagan Bi-bi-si muxbiri Monika Uitlok shu o‘rmonlarga borib juda ajoyib yarim soatlik eshittirish tayyorladi. Aytishicha, odamlarning uylarini kukuni havoga ko‘tarilmasligi uchun mozorga ko‘mgandek ko‘mishgan. Butun boshli qishloqlar mozorlardek, uylar qabrlari do‘ppayib turibdi. Shu jannatmi yo do‘zax? Eng achinarlisi, hayvonot va o‘simlikni tadqiq qilish haliyam yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan va belaruslik olimlar juda eskirgan usullar bilan o‘rmon ichidagi laboratoriyada ishlashyapti. Ularning hech biri buni jannat demayapti.

Bu fojiani targ‘ibot yo‘lida qo‘llash... Nima deyishgayam hayronman, UzAtom" deb yozdi BBC muxbiri Ibrat Safo Feysbuk sahifasida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан