Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chernogoriya koronavirusdan xoli navbatdagi mamlakatga aylandi
25.05.2020 20:56,  
254

Chernogoriya koronavirusni muvaffaqiyatli yengdi, mamlakatda virusni yuqtirganlar qolmadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Milo Jukanovichga tayanib RIA Novosti xabar beradi.

24 may kuni Chernogoriya sog‘liqni saqlash institutining xabar berishicha, 68 kun ichida birinchi marotaba koronavirus infeksiyasi bo‘lgan yangi bemor aniqlanmagan. Davolanayotgan barcha bemorlar butunlay sog‘ayib ketgan.

Jukanovichning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga "Chernogoriya davlat hokimiyati organlari va umuman jamiyatning yuqori darajada javobgarligi" tufayli erishildi.

COVID-19 ning birinchi holatlari mamlakatda mart o‘rtalarida qayd etilgan. Chernogoriya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan 324 kishi kasal bo‘lib, to‘qqiz kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан