Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chet el fuqarolariga pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
11.01.2019 18:06,  
12

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Qaror maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy turizm salohiyatini rivojlantirish,  chet el fuqarolariga qulay sharoitlar yaratish.

Hujjat loyihada Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarining 20-bandini yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“Chet el fuqarolari ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorlarda milliy valyuta “so‘m”da to‘laydilar. Chet el fuqarolari uchun tariflarning oshirilgan miqdori Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Markazlar tomonidan belgilanadi.

Bunda, chet el fuqarolarini tibbiyot muassasasiga jalb qilgan yuridik shaxslarni rag‘batlantirish shartnomaga muvofiq ushbu mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi” – deyilgan qaror loyihasida.

Hujjat 26 yanvarga qadar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан