Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chet eldagi fuqarolarimizni charter reyslar orqali evakuatsiya qilish bo‘yicha muhim xabar e’lon qilindi
24.03.2020 13:16,  
1297

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq chet eldagi fuqarolarimizni charter reyslar orqali evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda

Charter reyslar grafigiga muvofiq 24-27 mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti bo‘yicha soat 17:00da), Turkiyaning Istanbul shahridan 24 hamda 27 mart kunlari 2 ta reys (Turkiya Respublikasining mahalliy vaqti bo‘yicha soat 23:00da) amalga oshiriladi. Shunigdek, Koreyaning Seul shahridan 29 mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.  

Huddi shu kabi kelgusi haftada ham Rossiya  Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan fuqarolarimizni yurtimizga charter reyslari orqali evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, samolyot ekipaji a’zolari ham xavfsizlik nuqtai nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda bo‘lib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bo‘lishlari so‘raladi. 

Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi va qat’iy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан