Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chet elga ketayotgan fuqarolar emlangan bo‘lishi shartmi?
1.04.2021 11:05,  
373

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda SOVID-19ga qarshi vaksinatsiya borasidagi aholi savollariga javob qaytardi.

Vaksina olishdan bosh tortganlarga nisbatan jazo choralari ko‘riladimi?

Bu borada ko‘p ma’lumotlar berib borilmoqda. Ya’ni emlash jarayoni majburiy emas. Biroq, vaksinadan bosh tortishdan avval koronavirus kasalligi bilan kasallangandan keyingi kuzatiladigan asoratlar to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rish kerak, deb hisoblaymiz.

Chet elga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan emlanish talab etiladimi?

Har bir davlatda belgilagan talab va tartiblariga ko‘ra emlanish kerak, ya’ni siz bormoqchi bo‘lgan davlatning talablarida emlanganlik majburiy deb belgilansa, shunga qarab vaksinatsiya talab etiladi.

Tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida koronavirusga chalingan talabalar uchrayotgani, ammo bu haqida ma’lumot oshkor qilmayotgani aytilmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida vaziyat qanday?

Har bir Oliy ta’lim muassasalarida kasallikni erta tashxislash va birinchi yordam ko‘rsatish hamda davolash uchun maxsus izolyatorlar va bloklar shakllantirilgan.

Talabalarni ta’lim olish jarayonlarida maxsus filtrlar, tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalar bilan qo‘llarni ishlov berish, niqoblarni taqish va masofani saqlash bo‘yicha doimiy nazorat olib boriladi. Buning uchun, Oliy ta’lim muassalarida maxsus tibbiyot xodimlari biriktirilgan.

Bugungi kundagi holat haqidagi ma’lumotlar oshkora, hozirda bir necha oliy ta’lim muassasalari  2 haftalik onlayn o‘qish jarayoniga o‘tishayotgani to‘g‘risida OAVlarda doimiy ma’lumotlar yoritilib borilmoqda.

Ya’ni har bir OTMlarda koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha karantin qoidalari va tadbirlarini doimiy ravishda nazorati olib borilmoqda. Keyinchalik ham biror yangi holat aniqlansa, OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda aniq yoritilib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан