Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Chet ellik o‘qituvchilarga shuncha pul berib, bizning o‘qituvchilar nonini yarimta qilayapti" mazmunidagi gaplarga vazir izoh berdi
11.02.2021 11:37,  
443

AQShlik pedagoglar xarajatlari AQSh tomonidan, Rossiyaliklarniki esa Rossiya tomonidan qoplanadi. Ular bizning o‘qituvchilar bilan parallel ravishda dars o‘tadi, soatini olib qo‘ymaydi. Xitoydan kelayotgan 1300 ta kompyuter sinflari xarajatlari Xitoy tomonidan qoplanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri o‘zining telegram kanalida yozmoqda. 

Avvalgi yangiliklarga bu chet ellik o‘qituvchilarga shuncha pulni berib, bizning o‘qituvchilar nonini yarimta qilayapti degan ma’nodagi izohlarni o‘qib, shu masalaga oydinlik kiritib qo‘yish kerak ekan deb o‘yladim: Prezidentimiz tomonidan dunyodagi eng salohiyatli davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi ortidan ushbu davlatlar tomonidan O‘zbekistondagi ta’lim islohotlariga ko‘maklashish uchun katta grant mablag‘lari ajratilmoqda. Odatda, grant mablag‘lari o‘zbek tomonga pul ko‘rinishida emas, balki o‘sha davlat tomonidan moddiy (masalan, Xitoydan kompyuterlar) yoki nomoddiy (AQShdan va Rossiyadan o‘qituvchilar xizmati) yordam ko‘rinishida beriladi. Bundan tashqari yana ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ham yordam bermoqda.  Ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан