Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chexiya sudi hukumatning karantin choralarini noqonuniy deb topdi
25.04.2020 22:57,  
362

Chexiyada sud hukumatning pandemiyaga qarshi kurash qizg‘in pallasida fuqarolarning harakatlanish erkinligi cheklanishi va savdo do‘konlarining yopib qo‘yilishini noqonuniy deb topdi. 

Sud qarori faqat ushbu choralar qanday tartibda amalga oshirilishiga taalluqlidir, ammo mutaxassislar fikricha, bu muhim saboqni anglatadi: hatto favqulodda vaziyatda ham ijroiya organi qonunni buzib hayotni osonlashtirishga harakat qilmasligi kerak.

Chex hukumati fuqarolarning mamlakat bo‘ylab harakatlanishini va ikkitadan ortiq yig‘ilishini taqiqlab qo‘ydi, shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan do‘konlarni yopdi. Lekin favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunga binoan, bunday qarorlar parlament tomonidan ma’qullanishi kerak edi. Praga shahar sudining 23 apreldagi qarorining mohiyati shundan iborat.

Info.cz saytida chexiyalik advokat Yakub Blazek ushbu holatda hukumat shoshilinch ravishda 27 aprelga qadar ushbu choralarni to‘g‘ri tartibda ko‘rib chiqishi kerak, yoki ular 1 maydan boshlab o‘z kuchini o‘ qotishi haqida ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан