Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chexiyada Rossiyaning josuslik tarmog‘i yo‘q qilindi
21.10.2019 22:03,  
475

Chexiya Xavfsizlik va axborot xizmati rahbari Mixail Koudelka 2018 yilda josuslik tarmog‘i aniqlangani va yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.

Koudelkaning so‘zlariga ko‘ra, josuslik tarmog‘ining maqsadi Chexiya va unga hamkor mamlakatlardagi nishonlarga xakerlik hujumini amalga oshirish bo‘lgan. Chex maxsus xizmatlari bu tarmoqning ortida Rossiya turganini, moliyalashtirishni esa Rossiyaning Pragadagi elchixonasi amalga oshirganini taxmin qilmoqda.

Shuningdek Xavfsizlik va axborot xizmati rahbari ushbu josuslik tarmog‘i Moskva tomonidan bir qator Yevropa mamlakatlarida yaratilgan butun boshli tizimning bir parchasi bo‘lganini ta’kidladi.

Ayni paytda Mixail Koudelka Xitoyning razvedka faoliyati ortib borayotganidan ham ogohlantirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан