Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chikagodagi o‘zbeklar Hayitni qanday nishonladi? (fotojamlanma)
25.05.2020 10:13,  
622

Ma’lumki, koronavirus infeksiyasi sababli butun AQSh, shu jumladan Illinoys shtati ham karantin holatida. Barcha ommaviy odamlar to‘planadigan joylar, shu jumladan masjidlar ham yopilgan. Odamlarga tibbiy niqobda va o‘zaro masofa saqlagan holda yurish tavsiya etildan.

Bu yilgi Ramazon Hayiti bayrami mana shunday muammolik davrga to‘g‘ri keldi. Shularni hisobga olib Chikagodagi o‘zbeklar Ramazon Hayitini o‘ziga xos, o‘zgacha tarzda bayram qilishdi. Bu haqda Chikagodagi O‘zbek-Amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Sharipov Sof.uzʼga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har bir oila o‘zlarining mashinalarida alohida bo‘lib bir joyga to‘planishgan va u yerdan mashinalar bezatilib, kolonna bo‘lib Chikagoning birinchi o‘zbek fuqarosi (1970 yildan), Chikago O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi asoschisi Sirojiddin Hoji Nasafiyning hovlisi tomon yo‘l olishdi. 77 yoshli Hoji ota bolajonlarga tashqaridan turib bayram sovg‘asi ulashdi. 

Shundan keyin, mashinalar kolonnasi (20 tadan oshiq mashina) Chikago shahar markazi (Down Town) va Michigan ko‘li tomon yo‘l oldi. Bayram juda sermazmun, ayniqsa bolajonlar uchun esda qolarlik bo‘lib o‘tdi, deydi Olim Sharipov.

Ushbu tadbir Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан