Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Chilonzor» metrosida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda
7.01.2022 17:18,  
50

Toshkent metropolitenida tajriba tariqasida hojatxonalar qurish boshlandi, deya xabar bermoqda Toshkent metropoliteni.

Bu prezidentning 2021 yil 16 oktyabrdagi [ПҚ-5260-сон] qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, Tokio metropolitenida 300 ga yaqin metro bekatlari mavjud, umumiy uzunligi esa 300 kmdan ortiq. Tokio metrosidan foydalanuvchi yo‘lovchilar bir manzildan boshqa bir manzilga borishi uchun o‘rta hisobda 2−3 soat davomida metro xizmatidan foydalanishadi. Shu sababdan Tokio metropolitenida ona va bola xonasi, hojatxona mavjud. Ushbu tajriba dunyo mamlakatlarining hammasida ham mavjud emas.

Shu qatorda Toshkent metropolitenida ham xojatxona, ona va bola xonalari qurilmagan. Yo‘lovchilar esa eng uzoq manzilga o‘rta hisobda 40−50 daqiqa atrofida yetib borishadi.

«Biroq, shunga qaramay, me’yoriy loyiha hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan holda „Chilonzor“ metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda. Agarda bu o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham amalda tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Yangi qurilayotgan metro bekatlarida esa yo‘lovchilar uchun qator qulayliklar mavjud bo‘lishi loyihalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda metropolitendan kuniga 380−420 ming yo‘lovchi foydalanadi, 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 200−220 ming kishini tashkil qilgan.

Bundan tashqari, Toshkent metropoliteni metro bekatlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish reja qilinganini ham ma’lum qilindi. Ayni kunlarda yo‘l ko‘rsatkichlari me’yoriy loyiha xujjatlari asosida o‘rnatilgan.

Yer osti bekatlarida kishi sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda, barcha bekat navbatchilari birinchi yordam ko‘rsatish ma’lumotiga ega hamda barcha bekatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari bilan ta’minlangan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, zarur vaqtlarda tez yordam ishchi xodimlari chaqirtiriladi, metropolitenning «Paxtakor» va «Ming O‘rik» bekatlarida esa tibbiy punktlar mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан