Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilonzor tumani hokimligi xodimlari uchun qariyb 1 mlrd so‘mlik oshxona qurish taklif qilindi
6.09.2021 20:15,  
54

Ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida o‘tkazilgan «Ochiq byudjet» muhokamalarida Chilonzor tumani hokimligi xodimlari uchun qariyb 1 milliard so‘mlik oshxona qurish tashabbusi kiritildi. Shuningdek, to‘rtinchi sektor binosini ta’mirlash uchun 500 million so‘m ajratish taklif qilingan.

Bunga e’tibor qaratgan Kurbanoff Telegram kanali ushbu tashabbuslar eng ko‘p ovoz olgan loyihalardan bo‘lganini qayd etgan va tumanda bundan boshqa muammolar yo‘qmi, deya savol bergan.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev Moliya vazirligi Davlat byudjeti departamentining direktori Sherzod Muhammedov bilan bog‘lanib, izoh oldi.

Rasmiy vakilning ma’lum qilishicha, «Tashabbusli byudjet» portalida qaysidir tashabbus eng ko‘p ovoz olgani, bu o‘sha loyiha, albatta, moliyalashtirilishini anglatmaydi. Ishchi guruhlar tomonidan g‘olib bo‘lgan loyihalar tegishli talablarga to‘g‘ri kelishi qayta ko‘rib chiqiladi.

Jumladan, Chilonzor tumanida g‘olib bo‘lgan yuqoridagi 2 ta loyiha ham jamoat manfaatlariga xizmat qilmasligi nuqtai nazaridan rad qilinadi hamda keyingi o‘rinlarda eng ko‘p ovoz olgan loyihalar g‘olib deb topiladi.

Chilonzor tumani hokimligi ham bunga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Unda aytilishicha, haqiqatan ham 13 avgustdan 2 sentyabrga qadar Moliya vazirligining openbudjet.uz rasmiy veb saytidan olingan tumandagi tegishli 8 ta taklif jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb aniqlandi.

Tegishli me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, ochiq byudjet mablag‘lari jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi, ya’ni xiyobonlar, bolalar maydonchalari barpo etish, ichki yo‘llarni, ijtimoiy soha ob’yektlarini, kanalizatsiya va ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash kabi tadbirlarga sarflanishi belgilangan.

«Jumladan, bugun Chilonzor tumani hokimligida jamoatchilik fikri asosida ‘Ochiq byudjet’ axborot portalida g‘olib deb topilgan tadbirlarni o‘rganib chiqish, tahlil qilish va xulosa berish to‘g‘risida ishchi komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishning №2-sonli bayonnomasiga ko‘ra, ishchi komissiya tomonidan jamoatchilik fikri asosida ovoz to‘plagan 8 ta tadbirdan 2 tasi, ya’ni tuman hokimligiga oshxona qurish taklifi va 4-sektor shtabini ta’mirlash yuzasidan kiritilgan takliflar belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi sababli g‘olib chiqqan tadbirlar ro‘yxatidan chiqarilishi va keyingi o‘rinlarni egallagan ijtimoiy soha yuzasidan bildirilgan takliflar g‘olib deb topilgan tadbirlar ro‘yxatiga kiritilishi masalasi Chilonzor tumani Xalq deputatlari kengashiga muhokama uchun taqdim etildi», — deyiladi hokimlik munosabatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан