Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilonzor tumanida soxta shartnoma tuzish orqali kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ rahbarlari aniqlandi
30.04.2022 16:32,  
99

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.C.” MChJ ta’sischisi S.A. “T.W.” MChJ rahbari bilan oldindan til biriktirib, “T.W.” MChJdan aslida mavjud bo‘lmagan 3 dona ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi uskunani xarid qilish to‘g‘risidagi soxta shartnoma tuzishib, ushbu shartnomaga asosan hududiy tijorat banki filialidan 545 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘ini “T.W.” MChJ hisob raqamiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida, aniqlangan zararning 200 mln so‘mi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан