Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chilonzorda katta yong‘in sodir bo‘ldi
24.02.2020 10:26,  
772

Bugun, 24 fevral kuni ertalab soat 5:52da, Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” mahallasi, Bunyod ko‘chasi 39-uyda joylashgan “Grand Spektrum” MChJga qarashli sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, oqibatda binoning ichki va tom qismi 150 kv.m maydoni yongan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 6:01 da yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 6:47da bartaraf etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, sexning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan va hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан