Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chimboy hokimi bir oy ichida Equinox oldimi?
27.12.2020 16:47,  
553

Bir oy avval Chimboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Aybek Tajetdinov xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun Equinox (Mosaic Black Metallic) avtomobilini xarid qilgani ma’lum bo‘ldi.

Aybek Tajetdinov «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan EQUINOX rusumli mashinani 349 mln so‘mga sotib olish bo‘yicha shartnomani 21 dekabr kuni imzolagan. Hokimlik yangi avtomobil xarididan ko‘zlangan maqsadni shartnomada ochiqlamagan. Shartnomaga ko‘ra, 10 kun ichida ya’ni 31 dekabr kuni Equinox egasiga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Aybek Tajetdinov avval Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 7 noyabrdan boshlab hozir egallab turgan lavozimini egallagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан