Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chimkentda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi
16.03.2020 16:34,  
248

Qozog‘istonning Chimkent shahrida bir vaqtlari fosfor zavodi hududi bo‘lgan joyda konteynerda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Bu haqda Kazinform zabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Yenbekshi tumanida yashash xonasiga aylantirilgan konteynerda isitish moslamalari bo‘lmagan. Konteynerga gaz o‘tkazilmagan.

Besh nafar ishchi tunda konteynerni isitish uchun axlat qutilarini olib kelib, unda ko‘mir yoqadi. Oqibatda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan, beshinchi ishchi esa qattiq zaharlanib kasalxonaga yetkazilgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari (5 nafar xodim va 2 ta texnika), sinov-yong‘in laboratoriyasi (2 nafar xodim va 1 texnika), navbatchi tezkor tergov guruhi (7 xodim va 2 ta texnika), «KazTransGaz» AJ xodimlari zudlik bilan yetib borgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан