Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chinoz tumanida yashovchi fuqaroning uyida giyohvandlik moddasi topildi
3.03.2021 15:32,  
62

Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida 2021 yilning 20 fevral kuni  Chinoz tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Chinoz tumani “Extirom” mahallasida yashovchi 1976 y.t. fuqaro I.Sning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 1 litr hajmdagi shisha idish ichida hamda 7 dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan holdagi “nasha” giyohvand moddasiga o‘xshash modda hamda qo‘lbola usulda tayyorlangan “nasha” giyohvand moddasini chekish uchun moslama borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Toshkent viloyati IIBB EKBning xulosasiga ko‘ra bir dona sig‘imi 0,43 l.li shisha idish, 3 dona kitob varag‘i bo‘laklaridan o‘ramlar, 2 dona oq rangli qog‘oz o‘ramlari, 1 dona katak daftar varag‘idan o‘ram, 1 dona qizil rangli semechka yozuvli paket ichidagi moddalar “marixuana” giyehvand moddasi ekanligi va umumiy vazni 21,44 grammni tashkil etdi.

Surishtiruvni tuman IIB Tergov bo‘linmasi olib bormoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан