Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chinozdagi yo‘lda juda qisqa masofalarda 20 ta piyodalar o‘tish joyi belgisi o‘rnatilgani aniqlandi
28.11.2021 20:27,  
37

Ijtimoiy tarmoqda 120 metr masofa ichida 20 ta piyodalar o‘tish joyi belgisi o‘rnatilgani aks etgan video tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berib, holat Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi ichki yo‘lda yuz berganini ma’lum qildi.

«Mazkur yo‘l qurilishida belgilarni o‘rnatish ishlari Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ullari bilan kelishilmagani, buning natijasida belgilar noto‘g‘ri o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu xatolik bartaraf etilib, amaldagi tartibga ko‘ra yo‘lni belgi va chiziqlar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, juda qisqa masofalarda, belgilanmagan joylarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan 5.16.1, 5.16.2. piyodalar o‘tish joyi belgilari olib tashlangani aks etgan surat ilova qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан