Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chirchiq daryosi o‘zani qisqartiriladi, Toshkentda aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi — Prezident poytaxt rejasi bilan tanishdi
1.06.2021 08:35,  
230

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 may kuni turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar hamda Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar bergan edik. 

Taqdim qilingan loyihalardan biri Chirchiq daryosi bo‘yida turli infratuzilma ob’yektlari barpo etishga oid. Mazkur daryoning Toshkent shahridan o‘tgan qismi 16 kilometrni tashkil etadi. Loyihaga ko‘ra, daryo o‘zani qisqartirilib, qirg‘oqlari obodonlashtiriladi. Buning evaziga ochiladigan maydonlarda zamonaviy uy-joylar, dam olish maskanlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

Yana bir loyiha Toshkent xalqaro aeroportidan shahar markaziga o‘tishdagi ko‘prikni kengaytirishga qaratilgan. Hozirgi yo‘l o‘tkazgich 1967 yilda qurilgan. Poytaxtimiz rivojlanishi va transportlar soni oshishi bilan uni rekonstruksiya qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Shu bois ushbu ko‘prikning Kichik halqa yo‘li bilan kesishgan joyida aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan. Uning uzunligi 650, eni 30 metr bo‘lishi mo‘ljallangan.

Bu muhandislik yechimi  avtotransportlarning ko‘prikka chiqishi va tushishini osonlashtiradi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydi. Bu yerdagi qulaylik yaqin atrofdagi ko‘chalarga ham ta’sir qilib, tirbandlik kamayishida muhim omil bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан