Chirchiqda fuqaro tadbirkorning 33 ming dollarini totalizatorda yutqazib qo‘ydi

Chirchiqda fuqaro tadbirkorning 33 ming dollarini totalizatorda yutqazib qo‘ydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.S. «X.B.» MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar olib-kelib sotishni va shu orqali ko‘rilgan foydadan ma’lum qismini berib turishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan uning 33 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, olgan barcha pullarini «1xBet» internet o‘yinlarida yutqazib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.