Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchi tumanida 50 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi
18.03.2021 15:27,  
100

Chiroqchi tumani "Mustaqillik" mahallasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi yaqinidagi bayramona bezatilgan sayilgohda ijtimoiy himoyaga muhtoj "Temir daftarga" kiritilgan oilalarning 50 nafar farzandlarini sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. 

Xayriya-sunnat to‘yi «Insonga naf keltirish-oliy baxt» shiori ostida o‘tkazildi. Tadbirda Chiroqchi tumani hokimi Xurram Jurayev so‘zga chiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta’kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tiladi.
Ayniqsa, davraga kichkintoylarning sevimli ertak qahramonlari chiqqanlarida to‘ybolalar quvonchdan chapak chalib yubordilar va ular bilan birgalashib raqsga tushdilar. Davraga go‘yo dunyoning barcha shodliklari jamlangandek bo‘ldi. 

Tadbirda bir qator xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, tuman Madaniyat markazi aktyorlari tomonidan tayyorlangan ertak qahramonlari ishtirokidagi quvnoq tomoshalar, dor o‘yinlari davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.

Xayriya-sunnat to‘yi yakunida katta kurash musobaqasi ham tashkil etildi. Ochiq osmon ostida kuragi yer ko‘rmagan  viloyatimizning turli tumanlaridan kelgan polvonlari xalq oldida o‘zaro kuch sinashishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан