Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchida fuqaroni internet tarmoqlari orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan fuqarolar ushlandi
25.03.2021 17:26,  
152

Chiroqchida fuqaroni internet tarmoqlari orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Prokratura departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G‘.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан