Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchida hokim so‘zida turmagani uchun poyezd yo‘li to‘sib qo‘yildi
9.06.2021 08:20,  
783

Kuni kecha, 7 iyun kuni taxminan ertalab soat 09:00 dan 10:20 larga qadar «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasiga qarashli Ayratom temir yo‘l bekati hududida Chiroqchi tuman «Ayratom» qishlog‘i fuqarolari temir yo‘l ustiga yig‘ilganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Aholining temir yo‘l bekatiga yig‘ilishining asosiy sababi qishloq ahli tuman hokimi Xurram Jo‘rayevdan qishloqda elektr energiyasi ta’minoti qoniqarsiz bo‘lganligi uchun qishloqni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ya’ni qishloqqa keladigan elektr energiyasini boshqa kuchliroq «transformator»ga ulashni so‘ragan. 7 iyun kuni soat 9:00 larda tuman hokimining qishloqqa tashrifi kutilgan.

Tuman hokimi belgilangan vaqtda «Ayratom» qishlog‘iga elektr energiyasi masalasini hal qilish uchun kelmaganligi sababli aholi temir yo‘l atrofiga yig‘ilgan.

Toshkent – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi grafik bo‘yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o‘tib ketishi belgilangan.

Poyezd kelishidan taxminan 28 minut oldin Chiroqchi tuman hokimi X.Jo‘rayev o‘zi kelib temir yo‘l atrofida yig‘ilgan qishloq aholisini «Ayratom» qishlog‘i Mahalla fuqarolar yig‘iniga olib ketadi va ularning muammolari atroflicha o‘rganilib, tushuntirish ishlari olib boriladi.

«Afrosiyob» tezyurar poyezdi grafik bo‘yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o‘tib ketgan. Poyezd to‘xtamagan va hech qanday zarar yoki talofat bo‘lmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан