Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchida iste’molga yaroqsiz go‘sht aylanmasi oldi olindi
6.03.2021 16:41,  
226

 "Chiroqchinews.uz" internet nashri axborotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati YHXB  xodimlari  Chiroqchi tuman hududida joylashgan, «Umakay» muntazam YPX maskanida 2021 yil 6 mart kuni tungi soat 3: 10 larda «Qashqadaryo-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelgan, Koson tumanda yashovchi A. B. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinani to‘xtatishdi.

Haydovchining shubhali harakatlari bejizga emas ekan. Avtomashinaning saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz har xil qora selofan paket va qog‘oz karopkalarda suyaksiz jami 800 kg og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi. 

Go‘sht mahsulotlari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza loboratoriyasida tekshirilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo IIB xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан