Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqchida «Neksiya» portladi, ikki kishi jarohat olgan
5.11.2021 11:56,  
102

Chiroqchida Neksiya avtomobilida portlash yuz berdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi. 

3 noyabr Chiroqchi tumani «Annaro‘z» mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanib borayotgan Chiroqchi tumani «Suvliq» mahallasida yashovchi fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan X.N boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasida o‘rnatilgan metan gaz ballonida yorilish (portlash) sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi. Biroq, haydovchi va voqea joyida yo‘lovchi sifatida harakatlanib borayotgan fuqaro «Suvliq» mahallasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan B.B lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Sodir bo‘lgan vaziyat bo‘yicha qutqaruv xizmatiga murojaat kelib tushmagan.

Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан