Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chiroqsiz Chiroqchidan chinqiriq: “Hurmatli prezident, bolalaringiz shunday ahvolda o‘tirsa, ma’qul bo‘larmidi?” (video)
28.11.2019 19:02,  
1942

Tahririyatimizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Ahmad Yassaviy jamoa xo‘jaligi Sho‘rbozor qishlog‘ida yashovchi fuqaro o‘z uyidagi holatni tasvirlovchi videoni jo‘natdi.

Tasvirlarda 2019 yil 27 noyabr kuni soat 19 lar atrofida uyda elektr energiyasi yo‘qligi, uy egasining maktab o‘quvchisi bo‘lgan 3 nafar farzandi xontaxta atrofida fonar yorug‘ida dars qilayotgani anglashiladi.

“Mana, elektr hisoblagich bor, hamma simlari yangi, elektr uchun pulni oldindan to‘lab qo‘yganmiz. Ammo, afsuski, tok yo‘q. Rahbarlarimizdan, muhtaram Prezidentimizdan iltimos qilamiz: tushunamiz, ish yo‘q, pul yo‘q, hech bo‘lmasa shu elektr tokini berib turinglar, boshqa hech narsa so‘ramaymiz. Xudodan ozgina bo‘lsa ham umid qilib turish kerak-ku!

Mana, shu ahvol: mustaqil bo‘lganimizdan beri "Ana keladi, mana keladi" degan xomxayol bilan o‘ttiz yil o‘tdi. Yana necha yil yashaymiz shu xomxayol bilan?

Bizning yoshligimiz o‘tdi. Ammo mana bu bolalarimiz barbod bo‘lmasin. Ularning ham orzu-havaslari bor. Bularni ham xuddi o‘zingizning bolalaringizdek ko‘ring, iltimos! Hurmatli prezident, rahbarlarimiz, tasavvur qiling, bolalaringiz shunday ahvolda o‘tirsa, ma’qul bo‘larmidi? Amir Olimxon zamonida ham sham bo‘lgan, chiroq bo‘lgan.

Agar bo‘lmaydigan bo‘lsa, "Bo‘lmaydi", deb aytinglar. Shunga qarab harakatimizni qilamiz..."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан