Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Cho‘ntaksiz kiyim
7.05.2020 10:58,  
1935

- Salom, oshna! Yo‘l bo‘lsin?

- Salom. Ishga ketyapman. Yangi faoliyat boshladim.

- Mashinang qani.

- Mashinadan kechdim. Axir, ichidan qurol topib olishlari mumkin.

- Nega pana-pastqam yo‘llarda alanglab ketyapsan?

- Shallaqi ayollar osilib janjal boshlashi, keyin meni aybdor qilib ichkariga olishmasligi uchun yashirincha yuribman.

- Uyingdan kelyapsanmi?

- Uydan ham chiqib ketganman. Axir, uyimdan taqiqlangan adabiyot topib javobgarlikka tortishsa, nima bo‘ladi?

- Senga uysiz qiyin bo‘pti-ku. O‘g‘lingga ayt, mening oldimga kelsin, senga ozroq mablag‘ berib yuboraman.

- Oila, bola-chaqani tashlab ketdim. Meni deb ularni o‘qishdan, ishdan quvishlarini istamayman.

- Bo‘lmasa, telefoningni ber, o‘zim olib o‘taman.

- Telefonsiz yuribman, lokatsiyamni kuzata olmasliklari uchun.

- Eh, sen-ey. Axir, qanday qilib bunaqa yurasan? Uying yo‘q, bola-chaqangdan uzoqda, bir ahvoldasan. Mana bu pulni olib o‘zingga ishlatarsan, qani cho‘ntakni och-chi. Iye, cho‘ntaging qani? Bitta ham cho‘ntaging yo‘q-ku.

- Cho‘ntagimdan narkotik topib olishlari mumkin, axir. Shuning uchun uzib tashladim.

- Paranoikmisan? Qanday faoliyat boshlading o‘zi?

- Siyosat, og‘ayni, siyosat bilan shug‘ullanyapman. Muxolif partiya tuzmoqchiman.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан