Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv»ga IIBB munosabat bildirdi
6.06.2021 22:53,  
1201

Bugun, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv” kabi izohlar bilan video xabar tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur hodisa tasvir tushirilgan joy Bo‘stonliq tumani “Novobod” MFY hududidagi “Piramida -Chorbog‘ oromg‘ohi” sohili bo‘lib, sohilda dam olish 2021 yil 3 iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab hozirda ushbu sohilning suvi va ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgarganligidadir.

Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан