Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Choy ichish qaysi kasallikka chalingan insonlar uchun zararli?
1.12.2019 14:11,  
2317

Choy tetiklashtiruvchi ichimlik bo‘lib, u o‘z xususiyatiga qarab, inson salomatligiga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislarga ko‘ra oshqozon yarasi va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bilan xastalanganlar, shuningdek, oshqozonda normadan ortiq kislotalilik bo‘lgan odamlarga choyni iste’mol qilishdan cheklanishi kerak.

Ayrim holatlarda choy zarda, oshqozon-ichak traktining shilliq pardalarini bezovta qilishi mumkin.

Bundan tashqari, uning tarkibidagi kofein bosh og‘rig‘i, asab tizimiga ta’sir qilishi mumkin.

Achchiq choy yurak tez urushi va ichak sokini ajralishini kuchaytirishi mumkin

Kuchli choy yurakning tomir urishiga va oshqozon shirasining me’yordan ortiq ajralishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun gipertonik va aterosklerozga chalinganlar choydan o‘zini cheklashi kerak.

Ko‘k choy ko‘p ichish natijasida buyraklarda tosh paydo bo‘lishi mumkin, chunki unda ko‘p miqdordagi oksalat - kislota tuzlari mavjud.

Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun achchiq qora choy ichmaslik kerak: tarkibidagi tanin miya faoliyatini kuchaytiradi va qon aylanishini faollashtiradi.Limon va zanjabil choy mazasini oshiradi, ammo ular oshqozon-ichak trakti kasalliklari bo‘lgan odamlarga zarar yetkazishi mumkin. Shifokor, stomatit bo‘lganlar limondan voz kechishga chaqirdi.

Shifokorlar oshqozon va ichak kasalliklari bo‘lgan odamlarga sutli choy ichmaslikni maslahat berdi. Mutaxassis buni sut antioksidantlarni zararsizlantirishi, fermentatsiyaga, gaz hosil bo‘lish va bezovtalikka olib kelishi bilan izohlashadi.

O‘simlik choylari esa allergiya bilan xastalanganlarga, shuningdek yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan odamlar, yoki qon bosimini barqarorlashtiradigan dorilarni qabul qilganidan keyin xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokor, shuningdek, allergik bronxit, rinit va bronxial astma kasalligiga chalinganlar o‘tli choylardan saqlanishni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан