Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chust tumanida yashovchi fuqaro uyining tokchasidan 250 gr “Marixuana” topildi
18.03.2021 21:16,  
60

Joriy yil 6 mart kuni viloyat hududida Bosh prokuratura va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida Chust tuman IIB 4-sonli IIB HPB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan tintuv davrida, Chust tumanida yashovchi, 1969 y.t. fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining ichidagi tokchasida qog‘oz ustiga maydalab yoyilgan och yashil rangli  modda borligi aniqlangan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 250 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 12 mart kuni Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан