Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chustda qiymati 49 million dollarlik sement zavodi qurilmoqda
27.04.2020 17:47,  
427

Bugun Chust tumanining Chustnon-Do‘slarobod MFY hududida “Namangan sement” korxonasining ikkinchi ishlab chiqarish liniyasi qurilishi tamal toshi qo‘yildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Chust tuman hokimi Bahodir Oxunov ishtirok etdilar.

2019 yilda qurilishi boshlangan korxonaning birinchi bosqichi ishga tushirilib, hozirda yillik 200 ming tonna sement ishlab chiqarib kelinayotgandi.

14 gektar maydonda barpo etilayotgan, loyiha qiymati 49 million AQSh dollari bo‘lga yangi ishlab chiqarish quvvatlarida yillik 1 million 100 ming tonna sement ishlab chiqariladi. Loyiha korxonaning 14 million dollar o‘z mablag‘lari hamda 35 million dollarlik “Hamkorbank” krediti hisobiga amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish uchun Xitoydan uskunalar olib kelinmoqda.

2021 yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan liniyada 250 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqariladigan sifatli sement, to‘laligicha ichki bozorga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан