Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chustdagi majburiy mehnat voqeasi: IIB boshlig‘i, prokuror va hokim ishtirokchi (foto), aybdor esa faqat direktor
9.08.2019 07:36,  
321

Chustda mehnatga majburlangan 9-maktab o‘qituvchilari voqeasidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Tahririyatimizga advokat Oybek Xoliqov bayonot maktubi yo‘llab, ushbu holatga yeng ichida chora ko‘rilganligi, qonunbuzarlikning asosiy aybdorlari hanuz joyida o‘tirganligini dalillar bilan asoslab berdi. Darhaqiqat, direktor hech kimga bildirmasdan o‘z maktabida hammani ishlata olarmidi? Voqea joyida hokimbuva va IIB boshlig‘idan tortib, prokurorgacha yurgan bo‘lsa. Yo maktab direktori ularga ham hukmini o‘tkazadigan darajada qudratlimikan?..

B A Yo N O T

“Chust 9-o‘rta maktab shov-shuviga uchinchi taraf sifatida advokat nazari”

 Oxirgi paytlarda qattiq shov-shuv va KUN.UZ portalida keng muhokamaga sabab bo‘lgan 9-maktab mojarosi masalasida jalb qilinganligim, bu holatga yurist nazari bilan qarash va tegishli tartibda bir qator advokatlik surishtiruvini olib borish zarurati tug‘ilib “berkitilgan” faktlar yuzaga kela boshladi.

“Chust tumanida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganliklari hamda “aybdor” sifatida 9-o‘rta maktab direktori R. Ismoilova “ishdan bo‘shatilganligi” faktlari ushbu muammoning asl aybdorlari va sababchilarini aniqlanishiga e’tibor qaratmaslik “hiylasi” ekanligi yaqqol namoyon bo‘la boshladi.

Jamiyatimizda advokatlarning ishtiroki va rolini kuchaytirish, aholining huquqiy himoyasini to‘la va xolisona ta’minlash zamon talabi ekanligi va biz muhokama qilayotgan mojaroda ham ushbu yordam zururati tug‘ilishi tabiiy va zarur vaziyat ekanligi ko‘rildi.

Maktab direktori R.Ismoilovaning ishdan bo‘shatilganligini huquqiy jihatdan mehnat nizosi sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, xujjatlar bilan tanishilganda uni ishdan bo‘shatilganligi xam “sirli” ravishda, O‘zR MKning 99-moddasi talabi doirasida ya’ni, “Mehnat shartnomasini xodim tashabbusi bilan bekor qilish”ni qo‘llagan xolda R. Ismoilovaning “arizasini” asos qilinganligini ko‘rildi, zudlik bilan buyruq chiqarilib (bo‘shatilayotgan xodim tanishtirilmasdan) ishdan bo‘shatilmoqda, qonunda nazarda tutilgan “arizani oqibatsiz” qoldirish to‘g‘risidagi bir necha marotaba takror va takror yozgan murojaatlari hal etilmay kelinayotganligini (kun.uz ga uni majburiy mehnat tashkil qilganligi uchun ishdan bo‘shatildi, degan ma’lumot berilmoqda va bu xabar e’lon qilinmoqda) ko‘rishimiz mumkin.

Masalaning ikkinchi tomoni, Ta’lim Vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Xizmat surishtiruvi” natijasi nima bilan yakunlanganligi noma’lumligicha qolmoqda, kimdir qandaydir jazolar olganligi norasmiy xujjatsiz og‘zaki aytilmoqda (hujjat ko‘rsatilmayapti).

“Xizmat surishtiruvi” jarayonida aslida e’tibor markazida bo‘lgan “9-maktab” sodir etilgan holat bo‘yicha quyidagi savollarga konkret javob olishi lozim edi:

  • rekonstruksiya - qayta ta’mirlash ishlari kimning zimmasida edi?
  • 9-o‘rta maktab direktoriga R. Ismoilovaga u yerda qanday funksional vazifa yuklatilgan edi qaysi buyruq yoki nizom talabi doirasida?
  • Chust tuman “sektorlari” raxbarlari shtabi nega aynan shu maktab markazida tashkil etildi va ularning bu maktab rekonstruksiyasiga qanday aloqalari bor edi?
  • Nima uchun Chust tuman XTB boshlig‘i to‘liq “demontaj” jarayonini o‘zi tashkil qildi va qanday huquqiy hujjatlar asosida tashkil qilganligi, qancha pul tushumi tushirilganligi va boshqa holatlarni nimaga berkitib kelinmoqda?
  • Maktab rekonstruksiyasiga ajratilgan 3 milliarddan ziyod pul mablag‘i taqsimoti qanday edi? Proyekt-smeta bo‘yicha qaysi ishlarga qancha pul mablag‘i ajratilgan va nima uchun maktab demontajini tumanning boshqa maktablari o‘qituvchilari ham jalb qilinib ularni mehnati evasiga amalga oshirilgan?
  • Chust tuman XTB mudiri boshchiligidagi “guruh” mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilarni ish haqi “byudjet” hisobidan yoki qurilishni amalga oshirayotgan “quruvchi” tashkilot hisobidan qoplaganmi yoki pul mablag‘larini boshqa yo‘nalishga yo‘naltirganmi?
  • Nima uchun Chust tuman hokimi boshchiligidagi rahbar xodimlar bu holatlarning “ustida turib”, xuddiki, qo‘l ostidagi o‘qituvchilari kabi o‘zi xam ta’til o‘rniga majburiy mehnatga jalb qilingan direktor R.Ismoilovani “ishdan bo‘shatish missiyasi” bilan bu mojaroning sababchisi va yechimi topildi deb butun xalqni aldashmoqda?
  • “Sevimli” kanali xabarida, muqaddam Ichki ishlar idoralari “ro‘yxatida” turuvchi ayolni chiqarib u bilan suhbat qurib, undan intervyu olish bilan Kun.uz ga raddiya berishga harakat qilindi, axir bu ayolning mehnatga munosabatini va boshqa holatlarini butun tuman aholisi biladiku. Nima uchun o‘zimizni o‘zimiz aldayapmiz?
  • Hokimiyat tomonidan tayyorlangan, keyinchalik sirli ravishda yo‘qolib qolgan “TAQSIMOT” bannerini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, aynan R.Ismoilova va boshqa maktab direktorlari rekonstruksiyadagi “o‘zlariga tegishli bo‘lgan” hududlarni aniqlab, yon daftarlariga yozib olishayotganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi R.Ismoilova boshqa maktab direktorlarini ham “ayol” boshi bilan jalb qila oladimi? Nima uchun o‘zi ham bir chetda turib hududini yozib olishga intilmoqda qiziq.

Bayon etilganlardan xulosa qilish mumkinki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holatni o‘z nazoratiga oladi, aslida majburiy mehnat zamirida ajratilgan summalarni “tejash” yoki “talon-toroj qilish” yotishi barchamizga ma’lum, shartli ravishda “9-maktab ishi”ga aylangan bu holatni sinchkovlik bilan tekshirib chiqib, barcha aybdorlarni va barcha jabrlanganlarni to‘liq aniqlab, barcha ishtirokchilarning harakatiga huquqiy baho berish bilan masalaga uzil-kesil qonuniy yechim topiladi. Shu kungacha o‘tkazilgan barcha surishtiruv va ma’lumotlar “ko‘zbo‘yamachilik”dan boshqa narsa emas.

            Himoyam ostidagi R. Ismoilova tergov organi bilan JPK talablari doirasida to‘liq hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan jamiyatning “illatiga” aylangan “hashar” niqobi ostiga yashiringan bunday buyruqbozlik va majburiy mehnatga jalb qilish, lozim bo‘lsa, buning yordamida ayrim shaxslarning pul mablag‘larini talon-toroj qilganliklari holatiga to‘liq huquqiy baxo berishda faol ishtirok etmoqchi.  

Namangan “Qal’a himoyachilari” advokatlik firmasi advokati

Xoliqov Oybek Valiyevich

Majburiy mehnatga jalb qilingan holatlar bo‘yicha izohli

FOTOJADVAL

Demontaj jarayoni 9-maktab va boshqa maktab o‘qituvchi hamda texnik xodimlar

9-maktab hududidagi rekonstruksiyada bosh-qosh bo‘layotgan XTB qurilish mutaxassisi I. Ismoilov, orqa planda harbiy kiyimda tuman Prokurori va yordamchilari.

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan boshqa maktab o‘qituvchi va texnik xodimlari tuman hokimi B. Oxunov, tuman IIB boshlig‘i va tuman prokurori nazoratida

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan tuman XTBga qarashli barcha (jami 70ta) maktab xodimlarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.(Fotosuratda maktablar direktorlari o‘z hududlarini aniqlamoqda

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan maktab o‘qituvchi va texnik xodimlari

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan maktab o‘qituvchi va texnik xodimlari

Majburiy mehnat jarayonida Chust tuman hokimi o‘rinbosari va Namangan viloyati XTBdan kelgan vakil

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan maktab o‘qituvchi va texnik xodimlari

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan maktab o‘qituvchi va texnik xodimlari

9-maktab hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarida “majburiy mehnat”ga jalb etilgan Chust tumani 25-maktab texnik xodimlari.

Chust tumani XTB mansabdor vakili I. Ismoilov nazorati va telefon orqali XTB boshlig‘iga yuborayotganligi holati (orqa plan tom ustida)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан