Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Chustdan chiqqan «shifobaxsh» suv aslida iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi
23.05.2019 13:20,  
75

«MY 5» teleknali orqali Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan «o‘ta shifobaxsh» suv chiqqani haqida namoyish etilgan axborot lavhasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar omma o‘rtasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab bo‘ldi.

O‘zAning bildirishicha, o‘tgan ikki kun mobaynida mazkur hudud «shifobaxsh suv»dan olib ketish uchun katta-kichik idishlar bilan kelgan ixlosmandlarni sig‘dira olmay qoldi.

«Chust ijara» MMTP hududining 25 konturi dala maydonida To‘raqo‘rg‘on tuman Yesin qishlog‘i, Ko‘kqayrag‘och mahallasi hududidagi «Tomchi zamin» fermer xo‘jaligi rahbari A.Yuldashev tasarrufidagi 20 gektarli bog‘ va boshqa ekinlarni sug‘orish uchun 500 million so‘m mablag‘ sarflab, 350 metr chuqurlikda artezian qudug‘i tushirib chiqargan suvi kutilmaganda shunday mashhur bo‘lib ketdi.

Telekanalga bergan intervyusida fermer o‘zining ikki ishchisi va bir qarindoshining ko‘pdan qiynab kelayotgan dardlardan forig‘ bo‘lganliklarini shu suvning shifobaxsh xususiyati bilan bog‘lab taxmin qiladi. Bundan tashqari, lavhada suvdan davo topgan besh-olti kishining ijobiy munosabatlari ham berildi. Bu suvning tabiiy-tarkibiy xossalari to‘g‘risida mutaxassislarning fikrini bilish maqsadida viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markaziga murojaat qilindi.

— Suvning shifobaxshlik xususiyati shoshilinch xulosa beriladigan jihat emas, — dedi markaz bosh shifokori o‘rinbosari A.Cho‘lponqulov. — Chunki u ma’lum bir kasalliklarga davo bo‘lsa, boshqa bir dardlarni qo‘zg‘ab yuborishi yoki har bir insonning individual ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Demak, ushbu suvning shifobaxsh xususiyati to‘g‘risida ham chuqur laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilishidan tashqari, muolaja amaliyotidagi ko‘p yillik tajribalar natijalariga asosan xulosa berish mumkin. Hozircha, bizning dastlabki tezkor tekshiruvimiz natijalariga ko‘ra, artezian qudug‘idan nasos orqali tortib olinayotgan bu suv iste’molga yaroqsiz ekanligini ma’lum qilish mumkin. Suvning tarkibini chuqur tahlil qilish tegishli ilmiy muassasalar hamkorligida davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан